Qashqadaryoda yosh inspektor baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi
Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 24 yoshli IIB xodimi vafot etdi. Bu haqda “Nasafnews” xabar berdi.


Maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa “Cobalt” va “Jiguli” avtomobillari bilan bog‘liq. YTH oqibatida, ko‘rsatilgan yordamga qaramay, Qarshi tuman IIB inspektori, 1997-yilda tug‘ilgan, 24 yoshli katta leytenant vafot etdi.
Qayd etilishicha, qurbonlar ham bor.
Viloyat IIB va YHHB hozircha bu hodisa haqida maʼlumot bermagan.
Avvalroq, Chilonzorda IIB xodimi boshqaruvidagi “Cobalt” YTH sodir etgandi. Shu bilan birga, Toshkentda PPX mashinasi yo‘l transport hodisasiga uchragani, Surxondaryoda mast haydovchi ikki nafar YPH inspektorini sudrab ketgani hamda Andijonda PPX xodimi fuqaroning qo‘lini sindirgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







