Jamiyat

Qamchiq dovonida “Cobalt” ag‘darilib ketdi

Qamchiq dovonining 194-kilometrida Vodiy-Toshkent yo‘nalishida harakatlangan “Cobalt” rusumli avtomobil ag‘darilib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Qamchiq dovonida “Cobalt” ag‘darilib ketdi

 

Maʼlum qilinishicha, kecha, 2-oktabr kuni soat 06:30 larda “Cobalt” haydovchisi tez harakatlanishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi xandaqqa ag‘darilib ketgan.

 

Bir necha daqiqada voqea joyiga qamchiq maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruv guruhi, tez tibbiy yordam shifokorlari, yo‘l-patrul xizmati hamda "Qamchiqavtoyo‘l"  ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari yetib borgan.

 

YTHga uchragan avtomobil ichidagi haydovchi va ikki nafar yo‘lovchi chiqarib olingan.

 

Avvalroq qamchiq dovonida paxta tolasi ortib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketgandi.  Shuningdek, “Nexia” yo‘lovchisi pastlikka tushib ketgandi. 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Qamchiq dovonida “Cobalt” ag‘darilib ketdi