O'zbekiston

O‘zbekiston va Turkmaniston aloqalarining yana-da rivojlanishida ishbilarmon doiralarning o‘rni nihoyatda katta — Sardor Umrzoqov

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar butunlay yangi bosqichga ko‘tarildi. Oxirgi 5 yilda davlatlararo savdo hajmi 3 barobarga oshgani shundan dalolat beradi.

O‘zbekiston va Turkmaniston aloqalarining yana-da rivojlanishida ishbilarmon doiralarning o‘rni nihoyatda katta — Sardor Umrzoqov

 

 

Bugun, 4-oktabr kuni Toshkentdagi “Texnopark” majmuasida O‘zbekiston —Turkmaniston iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi. Unda  Bosh vazir o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov hamda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Esinmurat Orazgeldiyev ishtirok etdi.

 

Sardor Umrzoqov kirish so‘zida ikki davlat Prezidentlari tashabbusi bilan davlatlararo munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilganini taʼkidladi. Bosh vazir o‘rinbosarining maʼlum qilishicha, so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi uch barobar o‘sgan. Shu bilan birga erishilgan yutuqlar bilan to‘xtab qolmasdan mavjud cheksiz imkoniyatlardan foydalanish zarurligi qayd etildi.

 

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri hozirgi kunda iqtisodiy aloqalarni yana-da rivojlantirishning  uch yo‘nalishiga alohida eʼtibor berdi.

 

Birinchisi —  savdo-iqtisodiy aloqalar. Pandemiyaga qaramay, o‘tgan sakkiz oy davomida ikki tomonlama savdo 25 foizga o‘sgan. Ammo mavjud imkoniyatlardan yana-da kengroq foydalanish mumkin. O‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekiston Turkmanistonda mavjud bo‘lgan tovarlarni boshqa mamlakatlardan sotib olish uchun 600 million dollar sarflagan. O‘z navbatida, Turkmaniston uchinchi davlatlardan 612 million dollarlik mahsulot import qilgan, ammo ularning barchasi O‘zbekistonda ham mavjud.

 

Bu kabi holatlarni kamaytirish maqsadida bir qancha ishlar olib borilmoqda. Xususan, o‘tgan oyda O‘zbekiston va Turkmaniston chegaraoldi viloyatlari o‘rtasida savdo aloqalarini yana-da rivojlantirishga qaratilgan shartnoma ishlab chiqilgan. Ertaga, 5 oktyabr kuni ushbu shartnoma ikki davlat rahbarlari ishtirokida imzolanishi kutilmoqda.

 

Ikkinchidan, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish zarurligi qayd etildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – ikki davlat ishbilarmonlari uchun eng qulay sharoitlarni yaratish.

 

Hozirda ikki davlat ham bu yo‘lda katta ishlarni amalga oshirmoqda. Sardor Umrzoqovning maʼlum qilishicha, Turkmanistonda o‘zbek avtomobillarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yish ko‘rib chiqilyapti. Shuningdek, elektrotexnik mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ishlar olib borilyapti.Turkmaniston, o‘z navbatida, O‘zbekistonda kimyo-gaz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, tayyor tekstil va charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar ochishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, Toshkent Yevropa Ittifoqining GSP+preferensiyalar maxsus tizimini qo‘lga kiritgani maʼlum qilindi. Bu 6 mingdan ortiq  nomdagi mahsulotlarni Yevropaga hech qanday bojsiz eksport qilish imkonini beradi. Sanoat kooperatsiyasi va qo‘shma korxonalar orqali Turkmaniston ham mazkur imkoniyatdan foydalanishi mumkin.

 

Uchinchisi — transport-logistik aloqalarni chuqurlashtirish. Bu sohada ham juda katta foydalanilmayotgan imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi. Sardor Umrzoqov, ayniqsa, tranzit salohiyatidan foydalanish muhimligiga to‘xtalib o‘tdi. Turkmanistonning Turkmanboshi portining o‘zbek biznesi uchun katta ahamiyat kasb etishi alohida taʼkidlandi. Bu orqali O‘zbekistonning Kavaz va Yevropa bozorlariga chiqish imkoniyati yana-da kengayadi.

 

Har ikki spiker – Sardor Umrzoqov va Esinmurat Orazgeldiyev iqtisodiy aloqalarni yana-da rivojlanishida tadbirkorlarning o‘rni nihoyatda katta ekanini maʼlum qildi. “Men aminmanki, aynan ishbilarmon doiralar ikki davlat munosabatlaridagi muvaffaqiyatlarni belgilab beradi”, – deb o‘z nutqini yakunladi Umrzoqov.

 

Bundan avval Gurbanguli Berdimuhammedovning O‘zbekistonga tashrif buyurishi  hamda uning Afg‘onistonda qaysi omil mamlakat barqarorligini taʼminlashi haqidagi fikrlari berilgandi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston va Turkmaniston aloqalarining yana-da rivojlanishida ishbilarmon doiralarning o‘rni nihoyatda katta — Sardor Umrzoqov | Zamon.uz