Jahon

AQSHning o‘nlab josuslarini chet el maxsus xizmatlari  yo'q qilgan— “New York Times”

AQSH Markaziy Razvedka Boshqarmasining o‘nlab agentlari qamoqqa olingan yoki o‘ldirilgan. Bu haqda “New York Times” xabar berdi.

AQSHning o‘nlab josuslarini chet el maxsus xizmatlari  yo'q qilgan— “New York Times”

 

 

Gap Amerika razvedkasining chet eldagi maʼlumot to‘plovchilari va josuslari haqida bormoqda. “New York Times” bunga kadrlarni yetarlicha tayyorlamay qabul qilish va chet el maxsus xizmatlari imkoniyatiga to‘g‘ri baho bermaslikni asosiy sabab qilib ko‘rsatgan.

 

Markaziy Razvedka Boshqarmasi shundan keyin o‘z zobitlaridan chet eldagi josuslik rezidenturalari ishini yaxshilashni talab qilgan. Qo‘lga olingan agentlarning aniq soni keltirilmagan. Ammo Rossiya, Xitoy, Eron va Pokiston AQSH josuslarini topish va yo‘q qilish bo‘yicha samarali ishlayotgani taʼkidlangan.

 

Markaziy Razvedka Boshqarmasi agentlarning yo‘q qilinishida chet el maxsus xizmatlarining professionalligi emas, balki Amerika kontrrazvedkasidagi xoinliklar sabab bo‘lganini qayd etgan. Maʼlum bo‘lishicha, ayrim kontrrazvedka zobitlari chet el maxsus xizmatlariga maxfiy maʼlumotlarni taqdim etgan.

 

Bundan avval dunyodagi 11 ta davlat josuslik tizimi orqali siyosatchilarni kuzatgani hamda RFda O‘zbekiston fuqarosi Ukraina foydasiga josuslik qilganlikda ayblanayotgani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Narxlarning ko‘tarilishiga AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy zarbalarni qayta boshlashi mumkinligi haqidagi xabarlar ham ta’sir ko‘rsatdi.

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Dafn marosimi vaqtida cherkovga bostirib kirgan qurollangan shaxslar o‘t ochgan.

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tabiiy ofat oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 163 kishi jarohatlandi.

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Rossiyada noqonuniy yashab, qurilish maydonida ishlagan o‘zbekistonlik erkak nazorat-o‘tkazish punkti orqali mamlakatdan chiqib ketishga uringanida ushlangan.

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

AQSh prezidenti 2020-yilgi saylovlar soxtalashtirilganini da’vo qilib, uchinchi muddatga nomzodini qo‘yish huquqi borligini aytdi.

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Jarohatlangan besh nafar konchi shifoxonaga yotqizilgan.

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Kreml Ukraina bo‘yicha muzokaralar dastlab Rossiya, AQSh va Ukraina ishtirokida o‘tishini bildirdi.

Yevropada jazirama oqibati: 50 mingdan ortiq kishi vafot etgan

Yevropada jazirama oqibati: 50 mingdan ortiq kishi vafot etgan

Eng ko‘p o‘lim holatlari Italiya, Fransiya, Ispaniya va Germaniyada qayd etilgan.