Siyosat

Shavkat Mirziyoyev AQSH kongressmenlarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-oktabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasining kongressmenlar Don Beykon, Dug Lamborn, Troy Nels va Avgust Pflyugerdan iborat delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev AQSH kongressmenlarini qabul qildi

 

 

AQSH delegatsiyasi ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashga doir kelishuvlar doirasida mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

 

Qayd etilishicha, uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

 

Davlatimiz rahbari parlamentlar darajasidagi faol aloqalar va samarali almashinuvlarni, ular O‘zbekiston-AQSH strategik sheriklik munosabatlarini jadal rivojlantirishga katta hissa qo‘shayotganini yuksak baholadi.

 

AQSH Kongressida tashkil etilgan O‘zbekiston bo‘yicha kokus – do‘stlikni mustahkamlash va konstruktiv muloqotni ilgari surish bo‘yicha parlament guruhining nufuzi ortib bormoqda, faoliyati kengaymoqda. Bugungi kunda Kokus tomonidan ko‘p qirrali hamkorlikni va mamlakatimizdagi islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator muhim loyihalar ilgari surilgan.

 

 

Kongressmenlar Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangilanishlar strategiyasi mamlakat barqaror taraqqiyotining muhim omili ekani hamda uning xalqaro maydondagi obro‘si sezilarli darajada yuksalishiga xizmat qilganini alohida taʼkidladilar.

 

Shuningdek, Afg‘onistondagi insonparvarlik operatsiyalari qo‘llab-quvvatlangani uchun samimiy minnatdorlik bildirildi.

 

Suhbat chog‘ida parlamentlararo yo‘nalish bilan bir qatorda AQSH delegatsiyasi aʼzolari vakillik qilayotgan yetakchi shtatlar - Nebraska, Kolorado va Texas bilan hamkorlik bo‘yicha loyiha va dasturlar muhokama qilindi.

 

 

Innovatsiyalar va sanoat texnologiyalari, IT sohasi, qishloq xo‘jaligi, “yashil” energetika, sog‘liqni saqlash va taʼlimda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

 

Uchrashuv yakunida qo‘shma “yo‘l xarita”sini tayyorlash va ishbilarmonlik missiyalarining o‘zaro tashriflarini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

 

 

 

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidenti Anna Byerde hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi boshqaruvchi direktori Maxtar Diop boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgani haqida xabar berilgandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.