Jahon

Dunyodagi eng qimmat til egasi kimligini bilasizmi?

Tana aʼzolarining sug‘urtalanishi haqidagi xabarlar allaqachon sizning hayratingizni oshirmay qo‘ygani rost, shundaymi? Lekin sizning mazkur maqolamizdan  taajjublanishingiz aniq. Chunki bu hikoyamiz o‘zining noodatiy sug‘urtasi bilan kishini ajablantiradigan inson haqida bo‘ladi.

Dunyodagi eng qimmat til egasi kimligini bilasizmi?

 

 

Tanishing, Gennaro Pellichia! Taxallusi “qahva mayestrosi” (“Maestro Coffee”).  U qimmatbaho qahva navlari taʼmini baholovchi degustator hisoblanadi. Gennaro "Costa Coffee" do‘konlari uchun olib kelingan qahva donachalarini sinab ko‘radi va yillar davomida minglab turli xil taʼmlarni ajratishni o‘rgangan. Bu esa uning taʼm bilish aʼzosining yuqori sug‘urtalanishiga sabab bo‘lgan. Gennaroning tili qariyb 14 million dollarga (13,95 million dollar) sug‘urta qilingan bo‘lib, u dunyodagi eng qimmat til egasi hisoblanadi.

 

Agar hisoblash kerak bo‘lsa, bu summa mamlakatimizdagi eng qimmatbaho mashina hisoblanadigan “Malibu 2” dan taxminan 365 dona degani. Hayratingiz oshdimi?

 

 

"Mening tatib ko‘rishdagi 18 yillik tajribam qahva loviyalarining minglab aromagiyalarini ajratish imkonini beradi. Ishimda tilning taʼm biluvchi kurtaklari va ularning sezuvchanligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu menga qahva donalaridagi yetishmovchilik va kamchiliklarni ajratib olishimga imkon beradi", — deydi Gennaro.

 

"Costa Coffee" yirik qahva kompaniyasi bo‘lib, u dunyonning ko‘plab mamlakatlarida o‘z do‘konlariga ega. Qavha loviyalari dunyo bo‘ylab tarqalgan kompaniya filiallariga tarqatilishdan oldin uning har bir partiyasini Gennaroning shaxsan o‘zi tatib ko‘radi. Keyin ular tanlab olinadi va aralashtiriladi. So‘ng juda ehtiyotkorlik bilan qovuriladi. Bu kabi nozik va diqqatli ish qahva sifatini kafolatlaydi.

 

BBC maʼlumotiga ko‘ra, degustator tilini Britaniyaning “Lloyds of London” sug‘urta kompaniyasi sug‘urta qilgan.

 

“Qahva mayestrosi”ning taʼm bilish kurtakchalari huddi qo‘shiqchi uchun ovoz yoki top -model uchun chiroyli oyoqlar kabi muhim ahamiyatga ega. Mazkur sug‘urta noyob tana qismlarini sug‘urtalash tarixidagi eng yirigi hisoblanadi” – deya taʼkidlaydi “Lloyds of London” sug‘urta kompaniyasi.

 

 

Albatta, bu “Lloyds of London” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan nostandart sug‘urtalarning birinchisi emas. Buning boshlanishi aktyor Ben Turpin bilan bog‘liq. U 1920 yilda ikki ko‘zini 20 ming dollarga sug‘urta qilgan.

 

Bundan avval dunyodagi eng qimmat burger, Amerikalik komik "aql bovar qilmas" krossovkalarni taqdim etgani hamda dunyoning eng mashhur restoratorlari muvaffaqiyatining siri haqida xabar berilgandi.

 

 

Olamgir Abdiyev

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Hozircha tahdidlar ortida kim turgani aniqlanmagan, biroq hodisalar Rossiyani Yevropadagi gibrid hujumlarda ayblayotgan rasmiylarning xavotirlarini kuchaytirdi.

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Demokratlar Kongressda nazoratini qo‘lga kiritgach, AQSh prezidenti, uning oilasi va ma’muriyati faoliyatini bir qator yo‘nalishlarda tekshirishni rejalashtirmoqda.

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

Neft narxi va davlat obligatsiyalari daromadliligi pasaydi, jahon fond bozorlaridagi aksiyalar qiymati esa oshdi.

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

Eron oliy rahbari AQSh saylovlaridan keyin ham Vashingtonning Eronga nisbatan siyosati o‘zgarmasligini aytdi.

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Rossiyaga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga yana 254 ta shaxs va tashkilot qo‘shildi.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.