Jamiyat

Eshitish qobiliyati cheklangan bolalar uchun IT kurslari tashkil etildi

2021-yil 4-oktabr kuni Toshkentdagi yangi IT Park filialida eshitish qobiliyati cheklangan bolalar uchun taʼlim loyihasi doirasida birinchi dars bo‘lib o‘tdi.

Eshitish qobiliyati cheklangan bolalar uchun IT kurslari tashkil etildi

 

Ushbu loyiha imkoniyati cheklangan bolalar uchun axborot texnologiyalari sohasida sifatli va arzon taʼlim berishni  maqsad qilgan. Loyiha Xalqaro elektr aloqasi ittifoqi bilan birgalikda amalga oshirildi. 

 

Ushbu o‘quv dasturida  talabalarga Microsoft Office, Scratch dasturlash tili, shuningdek, HTML va CSS dasturlarini o‘zlashtirish kurslaridan iborat Photoshop va Corel Draw yordamida grafik dizayn, kompyuter savodxonligi va Web-texnologiyalari 2 bosqichda o‘rgatiladi.

 

Bundan tashqari, talabalar eshitish qobiliyati cheklangan bolalarga tushunarli bo‘lgan surdo tarjimali  “One Million Uzbek Coders” kursiga kira oladi.

 

IT Park filialidagi yangi o‘quv markazi xalqaro standartlarga muvofiq qurilgan va har bir bolaning individual ehtiyojlari inobatga olingan holda barcha zarur audio uskunalar bilan jihozlangan.

 

Axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish va mamlakatimizda startap ekotizimini shakllantirish, aholiga yuqori sifatli IT kurslarini taqdim etish  xizmatlarini tashkillashtirishda bu loyiha muhim omil hisoblanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Nukus shahrida yosh olimlar akademiyasi hamda yoshlar texnoparki tashkil etilishi va yurtimizda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejim  amaliyotga tatbiq  qilinishi haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Eshitish qobiliyati cheklangan bolalar uchun IT kurslari tashkil etildi | Zamon.uz