Sport

Habib Nurmagomedov qaysi jangini yaxshi ko‘rib eslaydi?

Sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov eng yaxshi ko‘rgan jangi qaysi ekanini aytdi:

Habib Nurmagomedov qaysi jangini yaxshi ko‘rib eslaydi?

“Mening yaxshi ko‘rgan jangim, bu — oxirgi jangim. Agar mashg‘ulotlar lageri, vazn tashlash, jang, undan so‘nggi voqealar haqida gapiradigan bo‘lsak, men uchun juda og‘ir kunlar bo‘lgan. Ammo bu sinovlarning hammasini qadamba-qadam bosib o‘tkanman... Darhaqiqat,  Konor bilan bo‘lgan jang UFC tarixi, umuman, MMA olamidagi eng katta janglardan biri sanaladi. Menga Jastin Getji bilan jangim ko‘proq yoqadi. U haqiqiy davogar, jiddiy xavf, vaqtinchalik chempion edi. Ko‘pchilik u men uchun juda qiyin sinov bo‘lishini aytgan. Otam bilan yuz bergan voqeadan keyin tayyorgarligim juda yomon edi. Bir nechta jarohatim bor, barmog‘im singan, kasalxonaga yotib chiqqandim. Bularning hammasini yengib o‘tdim. Shu bois, bu jang va unga tayyorgarlik jarayoni men uchun eng sevimlisi bo‘ldi”.

 

Maʼlumot o‘rnida: Habib Nurmagomedov va Jastin Getje o‘rtasidagi jang 2020-yil 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgandi. Unda rossiyalik sportchi raqibi ustidan muddatidan oldin g‘alaba qozondi. Bu Nurmagomedovning UFC dagi so‘nggi janggi edi.

 

Avvalroq Jon Jons alkogoldan butkul voz kechgani va Konor Makgregorning do‘sti AQSHda hibsga olingani haqida xabar berilgandi.

 

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Habib Nurmagomedov qaysi jangini yaxshi ko‘rib eslaydi? | Zamon.uz