Jamiyat

Qarshida “Nexia” haydovchisi piyodani urib, voqea joyidan yashirindi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 6  oktyabr kuni tungi 04:30 atrofida shahar hududidan o‘tgan Qarshi–Beshkent avtomobil yo‘lida “Nexia”  haydovchisi piyodani urib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qarshida “Nexia” haydovchisi piyodani urib, voqea joyidan yashirindi

 

 

Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘lgan. Hozirda haydovchi qo‘lga olinib, shahar ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish tergov bo‘limi tomonidan holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Bundan avval Toshkentda YTH ga sababchi bo‘lgan “Spark”  haydovchisi qidirilayotganligi hamda Namanganda YTH sabab 75 yoshli piyoda vafot etgani haqida xabar berilgan edi. 

 

 

Munojat Valiyeva

Qarshida “Nexia” haydovchisi piyodani urib, voqea joyidan yashirindi | Zamon.uz