Jamiyat

Cho‘lpon haqidagi hujjatli filmning premyerasi bo‘lib o‘tdi

Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan hamda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi hamkorligida “Media Illusion” studiyasi tomonidan suratga olingan Cho‘lpon hayoti va ijodi haqidagi "Qush esdaligi” hujjatli filmi premyera qilindi.

Cho‘lpon haqidagi hujjatli filmning premyerasi bo‘lib o‘tdi

 

 

Kinematografiya agentligi axborot xizmati xabar qilishicha, avval sahnada talabalar ishtirokida sahna ko‘rinishlari ko‘rsatildi va Cho‘lpon hayotiga oid maʼruzalar tinglandi.

 

Qayd etilishicha, kinokartina Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 20 may kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari asosida yaratilgan.

 

 

Maʼlumot uchun, ssenariy muallifi Erkin Bozorov, rejissyor va prodyuser Husan Rashidov, operator Rustam Murodov, rassom Shuhrat Abdumalikov, kartina direktori Muzaffar O‘rozqulov.

 

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan 24 ta adib haqidagi “Xalq yuragi” turkum ostidagi hujjatli filmlarning barchasi “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida premyera qilindi.

 

Avvalroq davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Kinematografiya agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivalida kuni kecha Danmon Group kompaniyasi (Daniya) bilan kelishuv imzolangandi. Shuningdek, “Bir kunlik to‘y” komediyasi premyerasi bo‘lib o‘tgani, “Mehr” operatsiyasiga bag‘ishlangan film premyerasi bo‘lib o‘tgani hamda O‘zbek va rus tillarida faoliyat olib boruvchi yuqori sifatli filmlar va seriallar namoyish etiladigan onlayn kinoteatr yaratilgani haqida xabar berilgandi.

Cho‘lpon haqidagi hujjatli filmning premyerasi bo‘lib o‘tdi | Zamon.uz