Sport

Triatlon bo‘yicha Osiyo kubogi yakuniga yetdi

9-10 oktyabr kunlari Toshkent shahri  ilk bor triatlon bo‘yicha Osiyo kubogiga mezbonlik qildi.

Triatlon bo‘yicha Osiyo kubogi yakuniga yetdi

 

Musobaqaning asosiy yo‘nalishida jami 40 nafarga yaqin professional sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Dastlabki kunda sprint yo‘nalishida kechgan musobaqalar murosasiz ruhda kechdi.

 

Reglamentga ko‘ra, sportchilar dastlab 750 metr masofani suzib o‘tdi, so‘ngra 20 km masofada velopoyga tashkil etildi. Uchinchi bosqichda triatlonchilar 5 km masofani yugurgan holda bosib o‘tdi.

 

Natijalarga ko‘ra, ayollar o‘rtasida polshalik Paulina Klimas, erkaklar o‘rtasida esa marokashlik Badr Sivane g‘olib bo‘ldi. G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

 

Erkaklar:

1. Badr Sivane (Marokash) – 55:32

2. Matsey Bruzdyak (Polsha) – 55:36

3. Vitali Voronsov (Ukraina) – 55:41

 

Ayollar:

1. Paulina Klimas (Polsha) – 1:01.16

2. Yeva Daniyels (Lyuksemburg) – 1:01.44

3. Liza Berger (Shveysariya) – 1:01.42

 

10 oktyabr kuni esa ushbu sport turi bo‘yicha havaskorlar o‘zaro bellashdi. G‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Avvalroq, og‘ir atletikachilarimiz jahon chempionatini bronza medali bilan boshlagani va sambochilarimiz Tataristondan uchta medal bilan qaytgani haqida xabar berilgandi. 

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

custom img

135 ta tegish va 95 foiz aniqlik: Abduqodir Xusanovning “Norvich”ga qarshi o‘yini qanday o‘tdi?

Sofascore o‘zbekistonlik futbolchi o‘yinini 7,6 ballga baholadi.

custom img

6 ta jamoa, 6 ta g‘alaba: O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasini muvaffaqiyatli boshladi

O‘zbekistonning erkaklar jamoalari Yamayka, Afg‘oniston va Mali ustidan, ayollar jamoalari esa Trinidad va Tobago, Togo hamda Tanzaniya ustidan g‘alaba qozondi.

custom img

O‘zbek himoyachisi: Behruz Karimov Shveytsariyadagi ilk golini urdi

“Lugano” qoldirilgan tur uchrashuvida “Sankt-Gallen”ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi. Bellashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov ham gol urdi.

custom img

Javohir Sindarov dunyoning 2-raqamli shaxmatchisiga aylandi

O‘zbekistonlik grossmeyster tezkor shaxmat reytingida birdaniga to‘rt pog‘ona yuqorilab, 2742,6 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

custom img

Messi Ispaniyaning “Eldense” klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Argentinalik futbol yulduzi Ispaniya professional futbolidagi investitsiyalarini kengaytirmoqda.

custom img

Sindorov — Karlsen: bugun shaxmat olamida katta to‘qnashuv

Sindorov yetakchiligidagi “FYERS American Gambits” jamoasi bugun Magnus Karlsen sardorligidagi “Alpine APL Pipers”ga qarshi bahs olib boradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"