YEXHT DIIHB saylovga tayyorgarlik jarayonini yuqori baholadi
YEXHT DIIHBning O‘zbekiston prezidenti saylovini kuzatish missiyasi 15 sentabrdan 5 oktabrgacha bo‘lgan davr uchun oraliq hisobotini eʼlon qildi.

Missiya aʼzolari saylovlar yangi demokratik va erkin O‘zbekistonni yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar sharoitida o‘tayotganini taʼkidladi.
Har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilgan. Xususan, O‘zbekistonda fuqarolarning xohish-irodasini mustaqil ifoda etishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida olib borilayotgan jiddiy ishlar qayd etilgan.
Hisobotda saylov kampaniyasining ochiqligi, nogironlar huquqlarining taʼminlanishi hamda ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratilishi ijobiy baholangan.
Avvalroq saylov byulletenining shakli va matni tasdiqlangani, Kustanaydagi vatandoshlarimiz O‘zbekiston prezidenti saylovida 19 oktabr kuni muddatidan oldin ovoz berishi hamda saylov jarayonlariga Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari jalb etilishi haqida xabar berilgandi.







