Sport

O‘zbekiston — Iordaniya: 9 g‘alaba, 4 durang, 1 mag‘lubiyat

Bugun Iordaniya davlatida yig‘in o‘tkazayotgan Srechko Katanes boshchiligidagi O‘zbekiston futbol terma jamoasi Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

O‘zbekiston — Iordaniya: 9 g‘alaba, 4 durang, 1 mag‘lubiyat

 

Shu kunga qadar O‘zbekiston terma jamoasi Iordaniya bilan 14 marotaba to‘qnash kelgan. Shundan 9 tasida terma jamoamiz g‘alaba qozongan bo‘lsa, bitta o‘yinda Iordaniya ustunlik qilgan.  4 ta bahsda esa durang natija qayd etilgan. Oxirgi marta jamoalar shu yilning fevral oyida o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan edi. Unda O‘zbekiston termasi 2:0 hisobida ustun kelgan. 

 

Eslatib o‘tamiz, jamoamiz 9-oktabr kuni mazkur yig‘in doirasida Malayziya jamoasini  5:1 hisobida mag‘lub etgandi.

 

Avvalroq “Neftchi” uch yillik tanaffusdan so‘ng yana Superligaga qaytgani va Bekobodda “Real Madrid” futbol akademiyasi ochilgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov