Jahon

“Tolibon”  NATOni diplomatik tamoyillar asosida muloqot qilishga chaqirdi

NATO Afg‘onistondagi mag‘lubiyatidan keyin “Tolibon” bilan diplomatik tamoyillar bilan muloqot qilishi kerak. Bu haqda harakat rasmiy vakili Zabihullo Mujohid maʼlum qildi.

“Tolibon”  NATOni diplomatik tamoyillar asosida muloqot qilishga chaqirdi

 

 

“NATO bosh kotibi maʼlum bir vaqt og‘riq xis qilishi va mag‘lubiyat haqida gapirishi mumkin. Ammo alyans aʼzolari toliblarga qarshi hujum davri o‘tganini tushunishi kerak. O‘tgan 20 yil bu harakatlar samara bermasligini va diplomatik tamoyillarga amal qilish kerakligini ko‘rsatdi”, – degan Mujohid.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda har ikki tomon uchun ham terrorizmga qarshi kurash muhim masala. “Terrorizm tahdidiga qarshi yutuqlarni saqlab qolish muhim. Afg‘oniston hukumati ham, NATO ham mamlakatda xalqaro terrorchilik guruhlari qayta tuzilishini diqqat bilan kuzatadi”, – deb aytib o‘tgan “Tolibon” rasmiy vakili.

 

Maʼlumot o‘rnida: 15 avgust kuni “Tolibon” Kobul shahrini jangsiz egalladi. Shundan keyin Afg‘onistondagi markaziy hokimiyat harakat qo‘liga o‘tdi. Hozirda ularning hokimiyati hech qaysi davlat tomonidan tan olinmagan bo‘lsa-da, turli darajada muloqot yo‘lga qo‘yilgan.

 

Bundan avval Zabihullo Mujohid “Tolibon” daromadi haqida maʼlumot bergandi. Shuningdek, AQSH va toliblar muzokaralari haqida xabar berilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"