O'zbekiston

2021 yil Facebook, Google, Yandex, Apple  O‘zbekistonga qancha soliq to‘ladi?

Facebook, Google, Apple va boshqa xorijiy kompaniyalar O‘zbekistonga soliq to‘ladi. Bu haqda “Spot.uz” Davlat soliq qo‘mitasi maʼlumotlariga tayanib xabar tarqatdi.

2021 yil Facebook, Google, Yandex, Apple  O‘zbekistonga qancha soliq to‘ladi?

 

 

Unda aytilishicha, uchta yirik xorijiy kompaniyaning o‘zi O‘zbekiston g‘aznasiga jami 14 milliard so‘mdan ortiq soliq to‘lagan.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, o‘tgan sentyabr oyida davlat g‘aznasiga Facebook - 7,6 milliard, Google - 4,6 milliard, Apple - 2,2 milliard, Netflix - 331 million, Yandex - 256 million so‘m o‘tkazgan.

 

Shuni taʼkidlash kerakki, 2020 yilning boshidan buyon O‘zbekistonda sotish joyi bo‘lgan kompaniyalar o‘z xizmat va tovarlarini elektron shaklda sotsa ham soliq to‘lovchilar deb yuritilishi shart etib belgilangan.

 

Davlat soliq qo‘mitasi shuni hisobga olgan holda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy Internet kompaniyalarga ro‘yxatdan o‘tishga va soliq to‘lashni boshlashga imkon beradigan QQS bo‘yicha ofis yaratgan.

 

O‘tgan ikki yil mobaynida O‘zbekistonda doimiy vakolatxona ochmasdan jismoniy shaxslarga elektron xizmat ko‘rsatuvchi 28 ta xorijiy kompaniya soliq organlaridan ro‘yxatdan o‘tgan. Ular orasida “Booking.com”, “Netflix International”, “Apple”, “Facebook”, “Yandex”, “Huawei” va boshqalar bor.

 

Bundan avval O‘zbekistonning yarim yillik daromadlari miqdori maʼlum qilingani, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxs javobgarlikka tortilishi hamda raqamli iqtisodiyot sohasidagi qator hujjatlarga o‘zgartirish kiritilgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.