Toshkentda avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi
Toshkent metropolitenining Qo‘yliq yo‘nalishida qurilish ishlari olib borilayotganligi va Munis — THAY ko‘chalari kesishmasida qurilish-montaj ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan quyidagi ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi.


2021-yil 14-oktabrdan 15, 81, 93, 119-sonli avtobus yo‘nalishlari quyidagicha harakatlanadi:
15-sonli avtobus yo‘nalishi — "Qo‘yliq 1-mavzesi" avtoshoxbekatidan Munis, Farg‘ona yo‘li ko‘chalari, Qo‘yliq ko‘prik yo‘li ostidan burilib olib Jarqo‘rg‘on, Izzat, Beshariq, Aviasozlar, Elbek ko‘chalari orqali "Do‘stlik metrosi" avtoshoxbekatigacha va qaytish yo‘nalishidagi harakati "Do‘stlik metrosi" avtoshoxbekatidan Elbek, Aviasozlar, Beshariq, Izzat, Jarqo‘rg‘on, Farg‘ona yo‘li, Munis ko‘chalari orqali "Qo‘yliq 1-mavzesi" avtoshoxbekatigacha;
81, 93-sonli avtobus yo‘nalishi — "Qo‘yliq 1-mavzesi" avtoshoxbekatidan Munis, Farg‘ona yo‘li, Qo‘yliq ko‘prik yo‘li ostidan burilib, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi orqali o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda va qaytish yo‘nalishidagi harakati Farg‘ona yo‘li, Munis ko‘chalari orqali "Qo‘yliq 1-mavzesi" avtoshoxbekatigacha;
119-sonli avtobus yo‘nalishi — THAY ko‘chasi bo‘ylab “Mebellar do‘koni” bekatigacha qisqartirilgan holda harakatlanadi.
Avvalroq Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport qatnovi vaqtincha cheklanishi, Mirobod tumanidagi baʼzi ko‘chalarda transport vositalari harakatlanishi maʼlum muddatga yopilishi haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







