Tuxum narxi yil boshidan buyon necha foizga arzonlashgani maʼlum bo‘ldi
Davlat statistika qo‘mitasi isteʼmol narxlari kuzatuvi natijalarini eʼlon qildi.

Unga ko‘ra, sentabr oyida tuxum narxi avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 2,4 foizga qimmatlashgan. Yil boshidan buyon esa o‘rtacha 13,2 foizga arzonlashgan.
Shuningdek, poytaxt bozorlarida tuxumning o‘rtacha narxi 900 so‘mdan boshlanadi.
Bundan avval isteʼmol bozoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,2 foizga arzonlashgani hamda O‘zbekistonda tovar va xizmatlar 5 foizga qimmatlashgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







