Jamiyat

“Bir kunlik to‘y” komediyasining maxsus namoyishi bo‘lib o‘tdi

Yoshlar ijod saroyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan Spectre studiyasi tomonidan suratga olingan “Bir kunlik to‘y" kinokomediyasining OAV vakillari, mutaxassislar va yoshlar uchun maxsus namoyishi bo‘lib o‘tdi.

“Bir kunlik to‘y” komediyasining maxsus namoyishi bo‘lib o‘tdi

 

Film ssenariy muallifi va postanovkachi rejissër Shohrux Rasulov, postanovkachi operator Izzatilla Lutfullayev, postanovkachi rassom Akmal Saidov, bosh prodyuser Firdavs Abduxoliqov, ijrochi prodyuser Davronxo‘ja Abdug‘aniyev, muharrir Furqat Usmonov.

 

Film namoyishidan so‘ng Kinomediaklub aʼzolari va boshqa OAV vakillari ishtirokida muhokama bo‘lib o‘tdi. Ijodkorlar kinokartinaning suratga olish jarayonlari bilan bog‘liq savollarga javob berdi.

 

 Bundan avval “Bir kunlik to‘y” komediyasi premyerasi bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

“Bir kunlik to‘y” komediyasining maxsus namoyishi bo‘lib o‘tdi | Zamon.uz