Jamiyat

Quvur o‘g‘rilari qo‘lga tushdi

2021-yilning 6-oktabr kuni Qarshi shahar "Aralovul" mahallasi “Zamin” choyxonasida o‘g‘irlik sodir bo‘lgani haqida "102" xizmatiga xabar kelib tushgan.

Quvur o‘g‘rilari qo‘lga tushdi

 

Shu mahallada yashovchi fuqaro X.Z ning xabariga ko‘ra, 6-oktabr kuni soat 11:45 lar atrofida choyxonadan bozor bahosi 28 million so‘m bo‘lgan 76 va 50 diametrli quvurlar nomaʼlum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.

 

Jinoiy ish bo‘yicha Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borildi. Surishtiruvlar natijasida jinoyatni qarshi shahar "Darvozatutak" mahallasida yashovchi E.A va Koson tumani “Darcha” mahallasida yashovchi B.G‘.lar sodir etganligi aniqlangan.

 

Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB TB tomonidan quvur o‘g‘rilariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Avvalroq, Samarqandda bog‘chadan go‘shtni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgani haqida xabar bergan edik.

 

Yulduz Rustamova

 

Quvur o‘g‘rilari qo‘lga tushdi | Zamon.uz