Siyosat

Shavkat Mirziyoyev: "Kelgusi besh yilda poytaxtda Internet tezligini 5 barobarga, raqamli xizmatlar hajmini 3 barobarga oshirish rejalashtirilgan"

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari, yangi muassasalar faoliyati bilan tanishmoqda.

Shavkat Mirziyoyev: "Kelgusi besh yilda poytaxtda Internet tezligini 5 barobarga, raqamli xizmatlar hajmini 3 barobarga oshirish rejalashtirilgan"

 

 

Shavkat Mirziyoyev kelgusi besh yilda poytaxtda Internet tezligini 5 barobarga, raqamli xizmatlar hajmini 3 barobarga oshirish rejalashtirilganini qayd etdi.

 

Shuningdek, 

 

— shaharda quriladigan har bir ko‘p qavatli uy-joy, taʼlim, tibbiyot, madaniyat va boshqa obyektlar yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘i bilan jihozlanishi shart bo‘ladi;

 

— mavjud 2 mingta tibbiyot tashkilotlari, bog‘cha, maktab, oliygoh va mahalla idoralari yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanadi;

 

— barcha metro stansiyalari, avtobus bekatlari va boshqa jamoat joylari simsiz Internet tarmog‘i bilan taʼminlanadi;

 

— davlat xizmatlari va pensiya tizimi to‘liq raqamlashtiriladi;

 

— shahar aholisi uchun yagona tibbiy karta, tibbiy sug‘urta va elektron retsept axborot tizimlari ishga tushiriladi.

 

— barcha tumanlarda “Xavfsiz shahar” tizimi joriy etiladi.

 

Bunda sunʼiy intellekt qurilmalaridan keng foydalangan holda aholi gavjum joylar, dam olish maskanlari, vokzal va aeroportlar hamda chorrahalarda shaxsni identifikatsiya qilish imkoniyati yaratiladi.

 

— Mirzo Ulug‘bek tumanida “IT-Park” foydalanishga topshirilib, raqamli mahsulotlar hajmi 100 million dollarga yetkaziladi.

 

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi 575 ta mahallaga 10 milliard so‘mdan mablag‘ ajratilishi haqida ham to‘xtalib o‘tdi:

 

— Mahallalarni rivojlantirish bo‘yicha shahar hokimligi qoshida alohida jamg‘arma tashkil etiladi hamda har bir mahallaga 10 milliard so‘mdan ajratiladi. Bu shahar bo‘yicha qariyb 600 million dollar mablag‘ deganidir.

 

Ushbu mablag‘larning 5 milliard so‘mi aholi takliflari asosida ochiq va shaffof “Fuqarolar byudjeti” tizimidan foydalanib, eng dolzarb bo‘lgan ijtimoiy va kommunal loyihalarga sarflanadi.

 

Yana 5 milliard so‘mi esa mahallada bandlikni taʼminlash, kichik va oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Mazkur mablag‘dan samarali foydalanishga yangi ish boshlaydigan hokim yordamchilari masʼul bo‘ladi.

 

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Chirchiq shahridagi “Kimyogarlar” madaniyat saroyi hamda Toshkent viloyatida joylashgan IT akademiyasiga borgani xabar qilingandi.

MDHga raislik: O‘zbekiston MDHga raislikda ustuvor yo‘nalishlarni belgiladi

MDHga raislik: O‘zbekiston MDHga raislikda ustuvor yo‘nalishlarni belgiladi

Raislik konsepsiyasi doirasida 100 dan ortiq chora-tadbir ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Davlat rahbari Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yetakchilarining maslahat uchrashuvi hamda MDH davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi.

Savdo, transport va kiberxavfsizlik: Mirziyoyev MDH doirasidagi hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi

Savdo, transport va kiberxavfsizlik: Mirziyoyev MDH doirasidagi hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi

Prezident resurslardan samarali foydalanish va aylanma iqtisodiyot bo‘yicha hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqish zarurligini taʼkidladi.

Turkmanistondan keyin O‘zbekiston: O‘zbekiston MDHga raislik qiladi

Turkmanistondan keyin O‘zbekiston: O‘zbekiston MDHga raislik qiladi

Bu haqdagi qaror MDH Rahbarlar kengashining yig‘ilishida qabul qilindi.

O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi

O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi

Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov ikki tomonlama strategik sheriklikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi.

“Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” tamoyiliga o‘tishimiz kerak — Shavkat Mirziyoyev

“Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” tamoyiliga o‘tishimiz kerak — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Turkmanistonda o‘tgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qilib, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Prezident Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etadi.