Sport

Shavkat Mirziyoyev: Yangi tariximizda ilk bor og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatiga Toshkent shahri mezbonlik qiladi

O'zLiDePdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvda joriy yilning dekabr oyida poytaxtimiz ilk bor og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilishini taʼkidladi:

Shavkat Mirziyoyev: Yangi tariximizda ilk bor og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatiga Toshkent shahri mezbonlik qiladi

 

“Osiyo va jahon chempionatlarini o‘zimizda o‘tkazish bo‘yicha boshlangan ishlarimizni davom ettirib, Toshkent shahrida 2024 yilgacha Olimpiya shaharchasi quriladi. Kelgusi yilda Shayxontohurda 2,5 ming tomoshabinga mo‘ljallangan zamonaviy muz saroyi ishga tushiriladi. Yangihayot tumanida yoshlarning muntazam sport bilan shug‘ullanishiga sharoit yaratish maqsadida jami quvvati 2,5 ming o‘rinli universal sport kompleksi barpo etiladi. Yangi tariximizda ilk bor shu yil dekabr oyida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatiga Toshkent shahri mezbonlik qiladi. 2022 yilda dzyudo, 2023 yilda boks bo‘yicha jahon chempionatlari, 2025 yilda Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari ham aynan poytaxtimizda o‘tkaziladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev namanganlik futbol muxlislari haqida fikr bildirgani bo‘yicha xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

U17-JCH: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi

U17-JCH: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi

Sergey Chigodayev shogirdlari o'yin yakuniga oz qolganda o'z darvozasidan to'p o'tkazib yuborib bir ochkodan mahrum bo'ldi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi

Uchrashuvda Sherzod Esanov dubl muallifiga aylandi.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.