Jamiyat

Yo‘qolgan uyali telefon egasining uyidan topildi

Mast erkak  uyali telefonini  topib berish uchun IIBga murojaat  qildi.

Yo‘qolgan uyali telefon egasining uyidan topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda   Zafar Ataxanov  “Sirdaryoda nogiron kishi bosqinchilikka uchradi”  sarlavhasi ostida xabar tarqatdi. Mazkur holat yuzasidan  Sirdaryo viloyati IIB  xodimlari  o‘rganish olib bordi.

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro  H. Aliboyev IIBning “102”  raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, uyida nomaʼlum shaxslar yurgani to‘g‘risida xabar bergan. Tergov-tezkor guruh voqea joyiga zudlik bilan yetib  borgan. Eshikni  X.Alimboyevning o‘zi mast holda ochib,  “SAMSUNG A10S” rusumli qo‘l telefonini ehtiyotsizlik oqibatida yo‘qotib qo‘ygani, uni topishda yordam berishlarini so‘ragan. Lekin voqea joyiga yetib borgan tergov-tezkor guruhi xodimlari uning qo‘l telefonini o‘zining uyidan topib bergan.  Xonadon to‘liq ko‘zdan kechirilganda  hech qanday bosqinchilik alomati  aniqlanmagan.

Bundan avval Toshkentda 3 nafar nomaʼlum shaxs dorixona sotuvchisiga pichoq bilan tahdid qilib, 15 million so‘mni o‘marib ketgani  hamda Andijonda tanishining telefonini tortib olib, tovlamachilik qilgan ikki shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

 

Yo‘qolgan uyali telefon egasining uyidan topildi | Zamon.uz