Jamiyat

13 yoshli bola YTHning navbatdagi qunboni bo‘ldi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida “Nexia-3” yo‘ldan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

13 yoshli bola YTHning  navbatdagi qunboni bo‘ldi

 

Qayd etilishicha, soat 15:00 atrofida Uchqo‘rg‘on tumani “Qumto‘g‘on” MFY Yangiobod ko‘chasida Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan haydovchi  “Nexia-3” rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Uchqo‘rg‘on  tumanidagi maktabning 7-sinf o‘quvchisini urib yuborgan.

 

Oqibatda 13 yoshli bola olgan tan jarohati tufayli shifoxonada vafot etgan.

 

Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Yakkasaroy tumanida  sodir bo‘lgan YTHda haydovchi vafot etgani  hamda haydovchining ehtiyotsizligi, tezlikni oshirishi natijasida 21 yoshli bola halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

13 yoshli bola YTHning navbatdagi qunboni bo‘ldi