Jamiyat

Chayladan 7 700 000 so‘m pul o‘g‘irlab ketilgan

Voqea Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan.

Chayladan 7 700 000 so‘m pul o‘g‘irlab ketilgan

 

2021-yil 20-oktyabr kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2000-y.t. fuqaro tuman IIB ga ariza bilan murojaat qilgan. Unga ko‘ra shu kuni soat 15:00 larda Yangiqo‘rg‘on hududidagi bog‘ida joylashgan kapasiga nomaʼlum shaxs eshik qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirgan. Chayla ichida bo‘lgan yog‘och qutidan 7 700 000 so‘m miqdordagi pulni o‘g‘irlab, voqea joyidan qochib ketgan.

 

Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB boshlig‘i va tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, jinoyatni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1999-y.t. fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

 

Holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 2021-yil 22-oktyabr kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Avvalroq, Shahrisabzda sodir etilgan g‘ayrioddiy o‘g‘irlik haqida xabar bergan edik.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"