Jahon

AQSH va Rossiya muhim yo‘nalishda muzokara olib borayotgani maʼlum qilindi

Bu sohada ikki tomonlama bir necha bor uchrashuv o‘tkazilgan.

AQSH va Rossiya muhim yo‘nalishda muzokara olib borayotgani maʼlum qilindi

 

AQSH va Rossiya kiberxavfsizlik bo‘yicha yopiq formatda muzokaralar olib borayotgani maʼlum bo‘ldi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

 

Muzokaralarda AQSH tomoniga prezidentning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Enn Nyuberger boshchilik qilmoqda. Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar va Rossiya rahbarlarining iyun oyidagi uchrashuvidan keyin tomonlar turli masalalar bo‘yicha muloqot o‘tkazgan. Shu bilan birga, maqola mualliflari Vashington va Moskva o‘rtasidagi strategik barqarorlik bo‘yicha muzokaralar so‘nggi yillardagi eng chuqur muloqotga aylanganini qayd etdi.

 

Xabarda aytilishicha, Nyuberger bir necha bor rossiyalik hamkasblari bilan virtual uchrashuv o‘tkazgan. Bundan tashqari, bir necha hafta avval Moskvaga Amerikaga kiberhujum uyushtirgan xakerlar to‘g‘risida maʼlumotlar taqdim etilgan. Nashrning taʼkidlashicha, "AQSH bu maʼlumotlar jinoyatchilarni qamoqqa olinishiga umid bildirmoqda". Shu orqali Vashington Rossiyaning kiberjinoyatlarga qarshi kurashish to‘g‘risidagi niyati qay darajada ekanligiga baho bermoqchi.

 

Avvalroq bir guruh mashhur shaxslarning shaxsiy maʼlumotlari xakerlar tomonidan o‘g‘irlangani hamda Buyuk Britaniya o‘ziga zarar yetkazgan davlatlarga qarshi kiberhujumlar uyushtirishi xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.