Jamiyat

Fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Uychi tumanida fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi.

Fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

 

Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 

Unda aytilishicha, fuqaro M.R. Chortoq tumanidagi “W.” fermer xo‘jaligiga qarashli yer maydonining 8 gektarini fuqaro B.ga 17 000 AQSH dollari evaziga tanishlari orqali olib berishni vaʼda qilgan.

 

Departamentning Uychi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgar M.R. 5 000 AQSH dollari va 53,7 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Avvalroq Jarqo‘rg‘on tumanida zaxiradagi yerni sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlangani, DXX tomonidan noqonuniy yer sotish holatlarining oldi olingani hamda Farg‘onada “auksion” orqali arzon yer maydoni olib beraman deb 60 million so‘mni qo‘lga kiritgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi | Zamon.uz