Istanbulda fohishalikka majbur qilingan ayol qutqarildi
Ayol Turkiyaga enagalikka deb, aldov yo'li bilan olib ketilgan.

Joriy yilning avgust oyida N.Sh. fuqaro A. (O‘zbekistonda) va D. (Turkiyadagi opasi) tomonidan enagalikka aldov yo‘li bilan Istanbulga olib kelingan va fohishalik qilish uchun majbur qilingan.
Ularning tuzog‘idan qochishga harakat qilgan N.Sh. mahalliy politsiya tomonidan ushlangan.
Politsiya uchastkasidan fuqaro N.Sh.ni Д. ismli boshqa bir fuqaro olib chiqib, N.Sh.ga 500 AQSH dollar mikdorida qarz qo‘ygan. Pasport va boshqa ashyolarini olib qo‘yib D. ham N.Sh.ni fohishalik qilishga majburlagan.
Joriy yilning 30-oktabr kuni fuqaro N.Sh. u yerdan qochib, O‘zbekiston konsulxonasiga keladi.
Bosh konsulxona va “O‘zbek ayollar huquqlari jamiyati” (Ozbek Kadın Hakları dernegı) bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasiga ko‘ra, N.Sh.ga tegishli bo‘lgan shaxsiy ashyolar va hujjatlar qaytarib olingan. Hozirda ayolni vatanga qaytarish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilmoqda.
Avvalroq, uch kishini Turkiyaga jo‘natayotgan ayol Toshkent aeroportida ushlangani hamda Toshkentda 359 nafar ayol fohishalik bilan shug‘ullangani uchun javobgarlikka tortilgani haqida xabar bergandi.
Munojat Valiyeva







