Jamiyat

Paxta o‘g‘risi ushlandi

Chigitidan ajratilmagan paxta xom ashyosini sotish maqsadida olib ketilayotgani aniqlandi.

Paxta o‘g‘risi ushlandi

 

Ichki ishlar xodimlari tomonidan Zafarobod tumani “Birlik” qishloq fuqarolar yig‘ini hududidan ichki yo‘l orqali kelayotgan “Nexia” tekshirilganda avtomashina yukxonasidan 300 kg.ga yaqin hech qanday hujjatlarsiz chigitidan ajratilmagan paxta xom-ashyosi aniqlandi. Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, u Do‘stlik tumanidan Zafarobod tumaniga sotish maqsadida olib ketilayotgan bo‘lgan. Xom-ashyo darhol Do‘stlik tumani paxta qabul qilish punktiga topshirilgan. Hozirda tuman IIB tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.

 

Bundan avval Samarqanddagi bog‘chada go‘shtni o‘g‘irlagan shaxslar jazolangani hamda Jizzaxda xonadonlarning birida  paxta chigitlaydigan uskuna aniqlangani haqida xabar berilgandi. 

 

Munojat Valiyeva

Paxta o‘g‘risi ushlandi | Zamon.uz