Jamiyat

Buxoroda firibgar ayol qo‘lga olindi

Ayol ishga olib kirib qo‘yish uchun bir necha fuqarodan chet el valyutasi olgan.

Buxoroda firibgar ayol qo‘lga olindi

 

Buxoroda 45 yoshli Q.M. ismli ayol tibbiyot sohasidagi tanishlari orqali o‘zga bir ayolni viloyat onkologiya shifoxonasiga ishga joylashtirib qo‘yishni vaʼda qilgan va evaziga 500 AQSh dollari so‘ragan. Lekin ishni hal eta olmagan va uning 400 AQSh dollarini "Karvon bozor"i yonida qaytarib berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida gumon qilinuvchi Q.M. joriy yilning avgust va sentabr oylarida viloyat onkologiya va yuqumli kasalliklar shifoxonasiga ishga kiritib quyishni vaʼda qilib, M.B. va Sh.S. dan 700 AQSh dollardan, F.Sh., A.F., M.I. va M.Sh. dan 500 AQSh dollardan, K.B. dan 300 AQSh dollar hamda F.J. dan 800 AQSh dollar olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani maʼlum bo‘ldi.

 

Hozirgi kunda holat yuzasidan Q.M ga nisbatan J.K.ning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Bundan avval Jarqo‘rg‘on tumanida zaxiradagi yerni sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlangani  hamda Navoiyda 2 000 AQSh dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan o‘qituvchi ushlangani haqida xabar berilgan edi.

 

Munojat Valiyeva