Jamiyat

Qashqadaryoda avtohalokat oqibatida haydovchi vafot etdi

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi Y.Sh. boshqaruvida bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtomashinasida YTHga uchradi.

Qashqadaryoda avtohalokat oqibatida haydovchi vafot etdi

 

Haydovchi shu kuni soat 06.45 larda Muborak tumani hududidan o‘tuvchi G‘uzor — Nukus — Beynau avtomobil yo‘lida Qarshi — Buxoro yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotib, yo‘lning 150-km.ga kelganida boshqaruvni yo‘qotgan.

 

Oqibatda yo‘lning harakat qismini ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan. Haydovchi olgan tan jarohatlar tufayli voqea joyida vafot etgan.

 

Avvalroq Bo‘stonliqda “Lasetti”ning daraxtga borib urilishi oqibatida yo‘lovchi vafot etgani hamda uch qavatli ko‘prikdan “Matiz” tushib ketgani haqida xabar berilgandi. 

 

Munojat Valiyeva

Qashqadaryoda avtohalokat oqibatida haydovchi vafot etdi | Zamon.uz