O'zbekiston

Milliy haydovchilik guvohnomasini Rossiyadagi konsullik muassasalari orqali yangisiga almashtirish mumkin

Hujjatlar Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (IIV YHXBB) tomonidan rasmiylashtiriladi.

Milliy haydovchilik guvohnomasini Rossiyadagi konsullik muassasalari orqali yangisiga almashtirish mumkin

 

Hukumat qarori bilan O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi konsullik muassasalarida eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish tartibi bo‘yicha vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

 

Unga ko‘ra, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi konsullik muassasasi orqali almashitirladi. Bunda hujjatlar Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (IIV YHXBB) tomonidan rasmiylashtiriladi.

 

Talabgor eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun konsullik muassasasiga ariza bilan shaxsan murojaat qilishi lozim. Konsullik muassasasi talabgor nomidan so‘rovnomani to‘ldirib, IIV YHXBBga yuboradi. Shundan so‘ng, Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi taqdim etilgan maʼlumotnomani ko‘rib chiqib, 1 ish kunida yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtiradi va hujjatlarni Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentiga (TIV KHD) yuboradi. TIV KHD tasdiqlangan haydovchilik guvohnomasini konsullik muassasasiga diplomatik pochta orqali taqdim etadi.

 

Konsullik muassasasi 1 ish kunida yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini egasiga beradi. Shuningek, tashkilot asoslangan sabablarga ko‘ra, talabgorning arziasini rad etishi ham mumkin.  

 

Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi yangisiga almashtirish uchun quyidagilar undiriladi:

➖ BHMning 70 foizi miqdorida to‘lov;

➖ 20 AQSH dollari miqdorida konsullik yig‘imi;

➖ 20 AQSH dollari miqdorida haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash uchun yig‘im.

 

Bundan avval "Prava”sini almashtirmaganlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilgani hamda ID-kartaga ega haydovchilardan haydovchilik guvohnomasini ko‘rsatish talab etilmasligi haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

Tashqi ishlar vazirligi tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka chaqirdi.

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Poytaxtda daraxtlarning soni, turi, yoshi, holati va joylashuvi hisobga olinib, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar reyestri shakllantiriladi.

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelib, yettita avtomobil bilan to‘qnashgan.

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Fermerlar kengashi hokim fermerlarga bosim o‘tkazgani haqidagi xabarlar ortidan murojaat yo‘llagan.

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qiz Turkiyaga o'qish bahonasida olib borilgan.