"Sizlar bilan, xalqimiz bilan birga mehnat qilishdan hech qachon charchamayman" — Shavkat Mirziyoyev
Prezident maʼruzasi nihoyasiga yetdi.


Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqi yakunida xalqimizning hurmat-eʼtibori, o‘ziga bildirilgan yuksak ishonchi uchun yana bir bor samimiy minnatdorlik bildirib, bundan buyon yana-da katta kuch-g‘ayrat bilan mehnat qilishini taʼkidladi.
"Prezident sifatida men mamlakatimiz tinchligi, el-yurt farovonligi, Vatan taraqqiyoti yo‘lida butun borlig‘imni bag‘ishlab, xalqimga sadoqat bilan xizmat qilishni hayotimning maʼno-mazmuni deb bilaman.
Men uchun bundan boshqa oliy maqsad, baxt-saodat yo‘q.
So‘zimning yakunida qalbimda, yuragimda bo‘lgan ezgu tilaklarimni izhor etib, aytmoqchiman:
Aziz va moʻtabar Vatanimiz hamisha omon bo‘lsin!
Xalqimizning baxtu iqbolini, omadini bersin!
Barchamizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, yangi yutuq va zafarlar yor bo‘lsin!
Ulug‘ va pok niyatlarimizni amalga oshirishda Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin!", — deya nutqini yakunladi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev qonuniy faoliyat yuritayotgan barcha jurnalist va blogerlar bundan buyon ham qonun va Prezident himoyasida hamda "quruq va yolg‘on gaplar, tagi puch raqamlar – bu faqat o‘zimizni aldash bo‘ladi", deya taʼkidlagandi.
Avvalroq Prezident qum bo‘ronlari haqida to‘xtalgani, 2025-yilgacha oliy toifali o‘qituvchi va shifokorlar oyligi 1000 dollar bo‘lishi, O‘zbekiston Prezidenti sifatida qasamyod qilgani hamda inauguratsiyasi sanasi maʼlum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.







