Poytaxt ko‘chalarida giyohvand modda olib yurgan shaxslar aniqlandi
Giyohvand modda 1000 so‘mlik pul kupyurasiga o‘ralgan xolda topilgan.

“Erkin” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan toshkent viloyati hududidan poytaxtga kirib kelayotgan “Lasetti” rusumli avtomobil to‘xtatildi. Xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganida, haydovchi T.Ining cho‘ntagidan 1000 so‘mlik pul kupyurasiga o‘ralgan 2 dona oq qog‘oz parchalariga solingan, jigar rangli, o‘tkir hidli, saqichsimon moddalar topildi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro T.I va aniqlangan moddalar Chilonzor tumani IIO FMBga topshirilgan.
Shu kuni yana bir YPX xodimi tomonidan Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan “Matiz” rusumli avtomobil to‘xtatildi. Haydovchining shaxsiy maʼlumotlari planshet moslamasi yordamida maxsus dastur orqali tekshirilganda fuqaro O.A. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, 2020 yil 21 oktyabr kunidan buyon qidiruv ekanligi maʼlum bo‘ldi.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro O.A. Chilonzor tumani IIO FMBga topshirildi.
Hozirda holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumonlanganayotgan qidiruvdagi erkak ushlangani hamda Toshkentda qidiruvda bo‘lgan haydovchi YPXdan qochayotganida inspektor va piyodani urib yuborgani haqida xabar bergandik.
Munojat Valiyeva







