Namangan sodir bo‘lgan yong‘inda xonadon egasining uy-ro‘zg‘or buyumlariga shikast yetgan
Yong‘in oqibatida yashash uyining ichki qismidan 10 kv. metr joyi yonib, zararlangan.

Namangan FVB Matbuot xizmatining xabar qilishicha, Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limini 101 qisqa raqamiga Davlatobod tuman “Porloq” mahalla fuqarolar yig‘ini Navbahor ko‘chasi 20-uy 26-xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgan haqida maʼlumot kelib tushgan.
Yuzaga kelgan yong‘inni yong‘in-qutqaruvchilar tomonidan soat 04:41da bartaraf etilgan.
Tezkor harakat natijasida Davlatobod tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan ikki nafar fuqarolar qutqarilib, uyning 50 kv.metr joyi saqlab qolindi.
Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida hech kim tan jarohat olmagan.
Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Namanganda gaz quyish shaxobchasi va Namanganda xonadonlarning birida yong‘in chiqib, hujjatlar yonib ketgani haqida xabar bergandik.
Munojat Valiyeva







