Jahon

Qozog‘istonda mahbuslar uchun sanoat zonalari mavjud bo‘lgan yangi koloniyalar quriladi

Har bir koloniya sig‘imi 1,5 ming nafargacha mahkumni qamrab oladi.

Qozog‘istonda mahbuslar uchun sanoat zonalari mavjud bo‘lgan yangi koloniyalar quriladi

 

Yangi koloniyalar Olmaota, Aqto‘be, Mang‘istau va Turkiston viloyatlarida joylashtiriladi. Bu haqida “Fergana.media” “Vlast.kz” ga tayanib xabar berdi.

 

Unda aytilishicha, har bir koloniya sig‘imi 1,5 ming nafargacha mahkumni qamrab oladi. Ushbu koloniyalarning har birida maxsus sanoat zonalari ajratiladi. Bu muassasalar hududining deyarli 50 foizini tashkil qiladi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Qozog‘iston Davlat-xususiy sheriklik doirasida koloniyalar qurish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Yangi axloq tuzatish muassasalari mahkumlarni saqlashda “jamiyat va xalqaro tashkilotlar tomonidan talab qilinadigan” barcha standartlarga javob beradi.

 

Maʼlumot uchun: bugungi kunda Qozog‘istonda 64 ta axloq tuzatish muassasasi va 16 ta tergov hibsxonasi mavjud. Ularda 34 mingdan ortiq odam bor. Shuningdek, mahkumlardan 30 ming nafari allaqachon sudlangan, qolganlari hibsga olingan va tergov ostida turibdi.

 

Mamlakat Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, mahkumlarning qariyb 93 foizi og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgan. Ulardan 45 foizi avvalroq jinoiy javobgarlikka tortilgan.

 

Eslatib o'tamiz, Qozog‘iston parlamenti 3-noyabr kuni respublika mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risidagi qonunni maʼqulladi. Unga binoan, 2,2 mingdan ortiq mahkum va probatsiya xizmatida ro‘yxatdan o‘tgan 11,3 ming kishi qamrab olingan. Bunda mahkumlarning fuqarolar va davlat xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘dirmasligi, voyaga yetmaganligi, keksaligi, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi hisobga olingan.

 

Avvalroq qamoqxonalardagi mahkumlar soni bo‘yicha reyting eʼlon qilingani, Isroildagi Gilboa qamoqxonasidan yer osti tunneli orqali olti mahbus qochib ketgani hamda O‘zbekiston qamoqxonalarida qancha diniy va siyosiy mahbuslar mavjudligi ochiqlangani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Bir hafta ichida uch marta hujum: Yandex ma’lumotlar markazi faoliyati to‘xtatildi

Bir hafta ichida uch marta hujum: Yandex ma’lumotlar markazi faoliyati to‘xtatildi

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, biroq kompaniyaning bir nechta raqamli xizmatlari foydalanuvchilar uchun vaqtincha ishlamay qolgan.

Zelenskiy va Tramp o‘rtasida ziddiyat: Ukraina prezidenti G‘arb yetakchilariga qo‘ng‘iroq qildi

Zelenskiy va Tramp o‘rtasida ziddiyat: Ukraina prezidenti G‘arb yetakchilariga qo‘ng‘iroq qildi

Telefon suhbatlari Vashington va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan bir paytda o‘tkazildi.

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

U Zelenskiyni urushni tugatishga intilmayotganlikda aybladi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Zelenskiy Rossiyaning hujumini AQSHning sanksiyalarni yumshatish qarori bilan bog‘ladi.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.