O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyevning qayta saylanishi Hindiston-O‘zbekiston aloqalarining yana-da mustahkamlanishiga zamin yaratadi — “India Narrative”

O‘zbekistonni Hindistonning Markaziy Osiyodagi eng muhim hamkoriga aylantiradi.

Shavkat Mirziyoyevning qayta saylanishi Hindiston-O‘zbekiston aloqalarining yana-da mustahkamlanishiga zamin yaratadi — “India Narrative”

 

Hindistondagi yetakchi siyosiy-tahliliy saytlardan biri bo‘lgan “India Narrative” veb-sahifasida “Narendra Modining yaqin hamkori Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Prezidenti  lavozimiga qayta saylanishi Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi aloqalar ko‘lamining yana-da kengayishi uchun zamin yaratadi” sarlavhali maqola eʼlon qilindi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, “International Affairs Review” onlayn-nashri bosh muharriri, siyosiy tahlilchi Aditi Bxaduri tomonidan tayyorlangan maqola joriy yil 24-oktabr kuni mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovi yakunlariga bag‘ishlangan.

 

“Yaqinda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi natijalariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning Prezident lavozimiga qayta saylangani O‘zbekistonning kelgusi taraqqiyoti va Hindiston bilan o‘zaro munosabatlar rivoji uchun muhim ahamiyat ega”, — deb yozadi muallif.

 

Shuningdek, maqolada O‘zbekiston dunyoning eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlaridan biriga aylanganiga eʼtibor qaratilgan. Yurtimizda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilgani, hozirgi kunga kelib esa O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti hajmi 60 milliard dollarga yetgani haqida so‘z boradi.

 

Terrorizm va diniy radikalizm kabi xurujlarga chek qo‘yildi. Jamiyatda din va eʼtiqod erkinligi to‘liq taʼminlandi.

 

Muallifning fikricha, yuqorida qayd etilgan barcha sohalardagi yutuqlar mamlakat taraqqiyotida muhim o‘rin tutish bilan birga, o‘z navbatida, O‘zbekistonni Hindistonning Markaziy Osiyodagi eng muhim hamkoriga aylantiradi. Shavkat Mirziyoyevning qayta saylanishi hind-o‘zbek ikki tomonlama munosabatlarini yana-da mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

 

“Prezident Shavkat Mirziyoyevning qayta saylanishi O‘zbekistondagi jadal islohotlar jarayonini davom etishini anglatish bilan birgalikda, o‘z navbatida, Hindiston-O‘zbekiston aloqalarining yana-da mustahkamlanishiga zamin yaratadi”, — deya xulosa qilgan siyosiy tahlilchi Aditi Bxaduri.

 

 Eslatib o‘tamiz, Omanda nashr etiladigan "Asdaa Oman" gazetasi bosh muharriri Ali al-Hasaniy O‘zbekiston Prezidenti etib saylangan Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosim haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi.

 

Avvalroq O‘zbekiston-Filippin munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilingani, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar butunlay yangi bosqichga ko‘tarilgani hamda "The Korea Times" gazetasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlar bo‘yicha maqola chop etilgani haqida xabar berilgandi.

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

Tashqi ishlar vazirligi tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka chaqirdi.

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Poytaxtda daraxtlarning soni, turi, yoshi, holati va joylashuvi hisobga olinib, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar reyestri shakllantiriladi.

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelib, yettita avtomobil bilan to‘qnashgan.

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Fermerlar kengashi hokim fermerlarga bosim o‘tkazgani haqidagi xabarlar ortidan murojaat yo‘llagan.

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qiz Turkiyaga o'qish bahonasida olib borilgan.