Jamiyat

Yashnobodda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan gazdan o‘g‘irlanish xolatlari aniqlandi

Oqibatda hududiy gaz taʼminoti korxonasi manfaatlariga 311,1 million so‘m zarar yetkazildi.

Yashnobodda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan gazdan o‘g‘irlanish  xolatlari aniqlandi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “P.K.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan gazlashtirish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirmasdan tuman hududidagi ko‘p qavatli uyning qozonxonasiga 4 dona isitish uskunalarini o‘rnatib, noqonuniy ravishda gazdan foydalanilganligi oqibatida hududiy gaz taʼminoti korxonasi manfaatlariga 311,1 million so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Avvalroq yil boshidan buyon 78 milliard so‘mlik gaz o‘g‘irlangani hamda Navoiy IESda gaz sizib chiqish holati yuz bergani haqida xabar bergandik.

Yashnobodda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan gazdan o‘g‘irlanish xolatlari aniqlandi | Zamon.uz