“Toshkent yoshlarni sevadi” festivali faol qatnashgan yoshlarning 10 nafari Fransiyada o‘qiydi
Loyiha 200 mingdan ortiq yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish rejalashtirilgan.

Avval xabar qilganimizdek, “Toshkent yoshlarni sevadi” festivali 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar o‘tkaziladi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev “Toshkent yoshlarni sevadi” festivali doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar yuzasidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida yoshlarni qanday mukofotlar kutayotganini aytib o‘tdi. Shuningdek, forumning eng faol yoshlarining 10 nafariga Fransiyaning mashhur “Le Kordon Blyu” (Le Cordon Bleu) universitetiga 6-9 oylik o‘quv kurslarida o‘qish imkoniyati beriladi.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shunday deydi:
“Bundan keyin faol qatnashgan yoshlarga mukofotni mashina, uy-joylarga emas, chet elning kuchli universitetlarida taʼlim olib kelishga yo‘naltirsak hamma yoshlarga yoqsa kerak. Chet elning yuksak oliygohlarida o‘qib, tajriba o‘rganib, olingan tajribani O‘zbekistonga yo‘naltirsak yaxshi bo‘ladi”.
Maʼlumot o‘rnida: festival 4 ta yo‘nalishga bo‘linadi: texnologiyalar, taʼlim, sport va madaniyat.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 22 nafar o‘zbekistonlik yoshlar VGIKda o‘qish uchun yuborilgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







