Jamiyat

Og‘ir jinoyat sodir etgan shaxs qidirilmoqda

Bu haqda Toshkent shahar IIB xabar bergan.

Og‘ir jinoyat sodir etgan shaxs qidirilmoqda

 

Og‘irlik darajasi yuqori bo‘lgan jinoyatni sodir etgan shaxs qidiruvga berildi. 

 

1963-yilda tug‘ilgan Niyazimbetov Yesbolat Tashpo‘latovich ismli shaxs o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumonlanmoqda. Mazkur fuqaro muqaddam bir necha marotaba sudlangan.

 

"Hurmatli Toshkent shahri aholisi va mehmonlari! Agarda siz Niyazimbetov Yesbolat Tashpo‘latovich haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz yoki unga o‘xshash shaxsni ko‘rsangiz, 71-281-91-87, 90-032-44-44, 90-908-02-01, yoki 102 raqamlari orqali xabar berishingizni so‘raymiz. Amaliy yordamingiz uchun oldindan minnatdorlik bildiramiz", deyiladi xabarda.

 

Avvalroq, Qozog‘istonda ko‘p qavatli uy oynasidan hayvonlarni uloqtirgan fuqaro hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sobiq prorektoriga qidiruv e’lon qilingani haqida xabar bergandik.

 

Маftuna Rejabboyeva tayyorladi

Og‘ir jinoyat sodir etgan shaxs qidirilmoqda | Zamon.uz