Jamiyat

Jinoyatlar zanjiri birin-ketin ochildi

Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyatlar zanjiri birin-ketin ochildi

 

Fuqaro U.A.ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida olib borayotgan tadbirkorlik faoliyatiga chek qo'yildi. Maʼlum bo‘lishicha, tadbirkorning mahsulotini YPX maskanlari orqali Xorazm viloyati hududiga o‘tkazishga ruxsat berish evaziga bir guruh shaxslar tomonidan pul talab qilingan. Bu haqda U.A.ning o‘zi huquq targ‘ibot organlari xodimlariga ariza bilan murojaat qilgan.

 

Unga asosan Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida tamagirlar kuzatuvga olindi. Unda fuqaro K.U. tadbirkordan 50 ta yuk mashinasi uchun 3,5 million so‘mdan jami 175 million so‘m miqdoridagi pulni pora sifatida olayotgan vaqtda jinoyat ustida ushlandi.

 

Surishtiruv jarayonida K.U. qo‘lga kiritilgan pul mablag‘larini sherigi A.X.ga berishi kerakligini, u esa ushbu pullarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV xodimlariga berishi lozimligini maʼlum qilgan. Shunga ko‘ra, sherigi A.X.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab ariza bilan murojaat qildi.

 

 A.X. tadbirni davom ettirishini maʼlum qildi va holat bo‘yicha ariza bilan murojaat etdi. Kelishuvga asosan, “Shadli aul” YPX maskanida xizmat olib borayotgan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV xodimi R.E. vaqt oz qolganligi va tong otgunigacha ulgurish kerakligini aytib, 3 ta mahsulot yuklangan transport vositalarinigina o‘tkaza olishini bildirdi.  Arizaga muvofiq, o‘tkazilgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV xodimi R.E. fuqaro A.X.dan pul mablag‘larini olgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi.

 

Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi va 25,211-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq Samarqanddagi davlat muassasalarida 563 million so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani hamda Korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus dasturiy taʼminot ishga tushirilgani haqida xabar berilgandi.


Munojat Valiyeva

Jinoyatlar zanjiri birin-ketin ochildi | Zamon.uz