O‘zbek sartaroshi Ginnesning rekordlar kitobiga kiradi
Mashhur o‘zbekistonlik sartarosh Shuhrat Ismatillayev o‘n soatda 100 kishining sochini olishni maqsad qildi va buni amalgan oshirdi.

Bu natija bilan u Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi kutilmoqda.
Shuhrat Ismatillayev 28 yoshda. Professional doiralarda u sartaroshlik bo‘yicha xalqaro chempionatlarning g‘olibi sifatida tanilgan.
Shuhrat Ismatillayev o‘z faoliyatini Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanidagi go‘zallik salonlaridan birida boshlagan. Bir yil o‘tgach esa u kasb mahoratini oshirish uchun Sankt-Peterburgga boradi. Ismatillayev 2018 yilning oxirigacha Rossiyada yashab, mehnat qilgan.
Avvalroq sinov tariqasida 4 ta hududda aholini ro‘yxatga olish jarayonlari boshlangani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







