1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Sinov tariqasida 4 ta hududda aholini ro‘yxatga olish jarayonlari boshlandi

Uyma-uy yurib, sinov tariqasida aholi ro‘yxatga olinadi.

Sinov tariqasida 4 ta hududda aholini ro‘yxatga olish jarayonlari boshlandi

 

Jumladan, Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida uyma-uy yurib, sinov tariqasida aholi ro‘yxatga olinadi.

 

Maʼlumot uchun, sinov tariqasida 1-5 noyabr kunlari aholini onlayn ro‘yxatga olish chora-tadbirlari o‘tkazilgandi.

 

Endilikda mazkur 4 ta hududda ro‘yxatga oluvchilar tomonidan 11-25 noyabr kunlari uyma-uy, onlayn ro‘yxatdan o‘tmagan aholi haqida maʼlumot olinadi. Qog‘oz va planshet orqali savolnomalar to‘ldirib boriladi.

 

Eslatma. Bu sinov jarayonlari respublikamizda 2023 yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olishning asosiy tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilmoqda

 

Avvalroq O‘zbekistonda aholi soni har kuni o‘rtacha 2 ming kishiga oshayotgani hamda 1 kilometr kvadrat maydonga necha kishi to‘g‘ri kelishi haqida maʼlumot berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика