Jamiyat

Qashqadaryoda chigirtkadan un ishlab chiqiladi

Qashqadaryoda tadbirkor va viloyat innovatsion rivojlanish boshqarmasi mutaxassislari hamkorligida Nishon tumanida chigirtkadan parhezbop un tayyorlash loyihasi ishlab chiqildi.

Qashqadaryoda chigirtkadan un ishlab chiqiladi

 

Loyiha qiymati 4,1 milliard so‘m. Yiliga 80 tonna chigirtka uni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Uning har kilosi 3,7 dollardan sotiladi.

 

Chigirtka unini eksportga chiqarish uchun tadbirkor Muzaffar Hamzayevning “Merry-Cricke” MCHJ va Saudiya Arabistonidagi hamkorlar o‘rtasida shartnoma imzolangan.

 

Taʼkidlanishicha, chigirtkani dalalardan yig‘ib olish uchun aholi vakillari jalb qilinadi. Maxsus to‘r qoplarda hasharotlarni yig‘ib topshirgani uchun ularga tegishli miqdorda haq to‘lanadi.

 

Avvalroq paxta yig‘im terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimi takomillashtirilishi haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Qashqadaryoda chigirtkadan un ishlab chiqiladi | Zamon.uz