Jamiyat

Turkiyada haykaltorosh rassomlarning xalqaro pleneri bo‘lib o‘tdi

Istanbul shahri Maltepe tumanida haykaltaroshlik simpoziumi bo‘lib o‘tdi.

Turkiyada haykaltorosh rassomlarning xalqaro pleneri bo‘lib o‘tdi

 

Unda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasiga aʼzo rassom, san'atshunos  va haykaltaroshlar – Ibrohim Valixo‘jayev, Djurayeva Nasima, Ulash Urakov, Norxo‘roz Qurbonov, To‘lagan Yorqulov ishtirok etdi.

 

 

Mazkur tadbir Turkiya telekannalarida yoritildi. “CNN Türk” telekanali xabariga ko‘ra, ushbu sanʼat asarlari Istanbul Maltepe tumanining turli mahallalarida munosib ko‘rilgan joylarda o‘rnatilishi rejalashtirilgan.  

 


O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi, rangtasvirchi rassom Ibrohim Valixo‘jayev istiqboldagi loyihalar haqida shunday deydi:

 

“Sanʼat – do‘stlik ko‘prigidir. Do‘st, qardosh bo‘lgan ikki o‘lka — O‘zbekiston va Turkiyaning  bir-biriga yaqin bo‘lishi, mana shunday simpoziumda  qatnashib, birgalikda ijod qilish bizni mamnun etadi. Kelgusida hali ko‘plab ijodiy loyihalarni amalga oshirish rejamiz bor. 

 

 

Ushbu simpoziumda Turkiya, O‘zbekiston, Gruziya va Rossiya davlatining mashhur haykaltaroshlari ishtirok etdi.

bundan tashqari, unda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining raisi Ibrohim Valixo‘jayev, uyushma aʼzolari - haykaltaroshlar Ulash Urakov, Norxo‘roz Qurbonov, To‘lagan Yorqulov va sanʼatshunos Jo‘rayeva Nasima ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Toshkentda Turk dunyosi iqtidorli bolalari festivali bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Turkiyada haykaltorosh rassomlarning xalqaro pleneri bo‘lib o‘tdi | Zamon.uz