Tuhmat jazosiz qolmadi. Andijonlik kelinchakka sud hukmi o‘qildi
Andijonda 5 erkak tomonidan zo‘rlanganini aytgan kelinchak tuhmat qilgan deb topildi.

Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidovning xabar qilishicha, tuhmat qilgan kelinchakka nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Sudlanuvchi O.O. JKning 139-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor, deb topildi va unga 2 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Sud qaroriga ko‘ra, O.O. sutkaning soat 22:00dan soat 06:00gacha bo‘lgan vaqtda yashash joyidan chiqishi cheklandi. (kasalxonada tibbiy muolaja (yordam) olish vaqti istisno etiladi). Unga ozodlikni cheklash jazosini o‘tashi belgilandi va jazoni o‘tash davrida quyidagi qo‘shimcha taqiq (cheklash)lar yuklatildi.Andijon tuman IIBning ruxsatisiz yashash va ish joyini o‘zgartirmaslik, viloyat hududidan tashqariga chiqmaslik belgilandi va ozodlikni cheklash jazosini ijrosini nazorat qilish tuman IIB boshlig‘i zimmasiga yuklatildi. Sudlanuvchiga nisbatan qo‘llanilgan shaxsiy kafillik ehtiyot chorasi hukm qonuniy kuchga kirganidan so‘ng bekor qilish belgilandi.
Avvalroq, 11 yoshli bola ikki yil davomida amakisi tomonidan zo‘rlab kelingani hamda мetroda 13 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







