Jamiyat

2022 yilda ish haqi, pensiya miqdori oshiriladi

2022 yilda davlat qarzlarini so‘ndirish xarajatlari 10 trln so‘mdan ortiq bo‘lishi rejalashtirilmoqda.

2022 yilda ish haqi, pensiya miqdori oshiriladi

 

Jumladan, davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha foiz to‘lovlari uchun xarajatlar 4 trln so‘mdan ortiq bo‘lishi kutilmoqda. 

 

Bundan tashqari, kelgusi yil ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar miqdorlarini va ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlarga 11,7 trln so‘m yo‘naltiriladi. Shuningdek, Pensiya jamg‘armasiga transfertlar uchun 14 trln so‘m ajratilda.

 

Xususan, taʼlim kreditini moliyalashtirishga 1 trln so‘m, Davlat tibbiyot sug‘urtasi jamg‘armasi xarajatlari uchun esa 600 mlrd so‘m ajratiladi.

 

Epidimologik vaziyat ham hisobga olingan holda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish uchun xarajatlarga 1,7 trln so‘m ajratilishi belgilandi.

 

Eslatib shtamiz, avvalroq “Suyunchi puli” endi bank plastik kartasiga ham o‘tkazib berililishi hamda endilikda pensiya hisob-varag‘ida qancha mablag‘ yig‘ilganini bilish mumkinligi haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

2022 yilda ish haqi, pensiya miqdori oshiriladi | Zamon.uz