91,7 gramm marixuana olib yurgan shaxs ushlandi
Giyohvand vositasi o‘ttiz ikki dona gugurt qutiga joylashtirilgan.

Qashqadaryo viloyatida IIB, Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi va Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Shahrisabz shahar, «Teparlik» MFY hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir doirasida bir fuqaroning hatti -harakatlari tadbir ishtirokchilarida shubha uyg‘otdi. Uning yonida bo‘lgan narsa va buyumlar ko‘zdan kechirildi. Surishtiruvlar davomida ushbu fuqaro Shahrisabz tumani “Hisor” MFYda yashovchi A.U. ekanligi maʼlum bo‘ldi. Qo‘lidagi yelim paket ichidan o‘ttiz ikki dona gugurt qutiga joylashtirilgan marixuana giyohvandlik vositasi va olti dona qog‘oz parchalariga o‘ralgan “ko‘knori” o‘simligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Avvalroq, Xovos tumanida qonunga xilof ravishda giyohvandlik vositasini saqlab kelayotgan shaxs aniqlangani hamda Toshloqda tomida marixuana saqlagan shaxs qo`lga olingani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







