Jahon

AQSH Gruziyani Saakashviliga nisbatan adolatli munosabatda bo‘lishga chaqirdi

Shuningdek, sobiq prezidentning sud majlislarida ishtirok etishiga ruxsat berilishi so‘ralgan.

AQSH Gruziyani Saakashviliga nisbatan adolatli munosabatda bo‘lishga chaqirdi

 

AQSH davlat departamenti rasmiy vakili Ned Prays Gruziya hukumatidan Mixail Saakashviliga nisbatan adolatli bo‘lishni so‘radi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

 

Prays Saakashviliga “adolatli va shaʼniga dog‘ tushirmasdan” munosabatda bo‘lish zarurligini qayd etgan.

 

“Biz Gruziya hukumatini janob Saakashvilining barcha sud majlislarida ishtirok etishini taʼminlashga chaqiramiz. Janob Saakashvili adolatli protsess huquqiga ega, shuningdek, agar u buni istasa, sud majlislarida shaxsan ishtirok etishi mumkin”, – degan u.

 

Maʼlumot o‘rnida: Saakashvili 1 oktyabr kuni qamoqqa olingan. U Gruziyaga 8 yillik tanaffusdan so‘ng qaytib keldi. Saakashvili 2004-2013 yillarda mamlakatni boshqargan. Shundan keyin keyin u Ukraina fuqaroligini qabul qilgan va bir qancha lavozimlarda ishlagan.

 

Avvalroq Gruziyada bir guruh deputatlar Saakashvilini qo‘llab-quvvatlab ochlik eʼlon qilgandi.

 

Jahongir Qo‘ziyev

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

U saylov kampaniyasini Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin tarzda olib borgan.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Eron davlat televideniyesi yadroviy zarba berilgan taqdirda aholining qanday harakat qilishi kerakligi haqida ko‘rsatmalarni namoyish etdi.