0

Sizdan ugina, bizdan bugina

Samarqandda tuman XTB mudiri o‘rinbosari pora bilan ushlandi.

Sizdan ugina, bizdan bugina

 

Maktabga ishga joylashtirish  evaziga  fuqarodan 300 AQSH dollari so‘ragan.

 

Joriy yilning 16-noyabr kuni Samarqand viloyatdagi tumanlarning birida xalq taʼlimi bo‘limi mudiri o‘rinbosari lavozimida ishlovchi R.T. fuqarodan pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. R.T. xizmat mavqeidan foydalanib mahalliy fuqarodan tuman maktablarining biriga o‘qituvchilikka ishga joylashtirish evaziga undan 300 AQSH dollari so‘ragan.

 

Hozirda holat bo‘yicha fuqaro R.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari  hamda Samarqandda dekan o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

 

Муножат Валиева 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Sizdan ugina, bizdan bugina