O‘g‘irlikka qo‘l urgan 17 yoshli yigit jinoiy ishi qo‘zg‘atildi
Yigit jami 5.000.000 so‘m va 1.300 AQSH dollarini o‘g‘irlab ketgan.

Olmazor tumanida nomaʼlum shaxs "Gentra" avtomobiliga o‘g‘irlikka tushdi. U avtomobil eshigining qulfini buzib salondagi barsetkakadan 5.000.000 so‘m va 1.300 AQSH dollarini o‘g‘irlab ketgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ko‘rilgan tezkor chora tadbirlar natijasida gumonlanuvchi – 17 yoshli M.P. qo‘lga olindi.
Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Qashqadaryoda birovning uyiga mehmonga kelgan shaxs mashina o‘g‘irlab qochib ketgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







